Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy bunkerga yashiringan — manba

A A A
Zelenskiy bunkerga yashiringan — manba

Rossiya qo‘shinlari Kiyevga yaqinlashayotgan paytda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bunkerga olib ketildi. Bu haqda STRANA.ua yozmoqda.

Zelenskiy Yevropa Ittifoqining favqulodda sammitida «erto‘ladan yoki bunkerdan» qatnashgani ham ma’lum.

«U yerto‘la yoki bunkerga o‘xshagan joyda o‘tirardi. U bizga Ukrainadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Biz xayrlashganimizda esa, bir-birimizni boshqa ko‘rishimiz aniq emasligini hammamiz bilardik. Hammasi keyingi bir necha kun ichida voqealar qanday rivojlanishiga bog‘liq», — dedi Shvesiya Bosh vaziri Magdalena Andersson.

Kiritildi: 18:48 25.02.2022. O'qildi: 6372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik