Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirgan.
«Umuman olganda, shu hafta davomida Rossiya Ukrainaga qariyb 1600 ta hujumchi dron, 1100 ta aviabomba va uchta raketa otdi. Rossiya Ukraina Qurolli Kuchlarining havo hujumidan mudaffa tizimlarini ommaviy hujumlar orqali o‘ta zo‘riqish holatida ushlab turishga harakat qilmoqda. Shu sababli raketalar yetkazib berilishi juda muhimdir», — deb yozdi Zelenskiy.
U Moskvaga bosimni davom ettirish zarurligini ta’kidlab o‘tgan. Ukraina Prezidenti Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi ustida ishlayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Zelenskiy bundan oldin Dnepropetrovsk va Odessada havo hujumidan mudofaa tizimi kuchaytirilishini ma’lum qilgan edi. Ukraina yetakchisi buni 1 may kuni Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan ommaviy dron hujumlariga javoban e’lon qildi.