“Financial Times” gazetasi xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy atrofidagi rahbarlar va maslahatchilar tomonidan Vashingtonga tashrif buyurmaslik bo‘yicha ogohlantirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ular Tramp bilan yangi janjal kelib chiqishidan xavotirda. Bu esa AQSh tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralarni barbod qilishi mumkin.