Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShdagi elchi Oksana Markarovani almashtirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Bu haqda "Suspіlne" nashri Prezident ma’muriyatidagi manbalarga tayangan holda xabar berdi.
«Oksana Markarova AQShdagi elchilik lavozimini tark etishi mumkin, biroq u hukumat tarkibida faoliyatini davom ettiradi. Uning yangi lavozimi hozircha noma’lum», — deyiladi manbada.
Markarova o‘rniga tayinlanadigan yangi nomzod hali e’lon qilinmagan.