Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy AQSh va Ukraina vakillari uchrashuvini e’lon qildi

Zelenskiy AQSh va Ukraina vakillari uchrashuvini e’lon qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu hafta yakunida Ukraina va AQSh delegasiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Uchrashuvda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik muzokaralari imkoniyatlari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bu haqda Report nashri ukrain OAVga tayanib xabar berdi.

Zelenskiyning aytishicha, u shuningdek, bugun AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog bilan ham uchrashadi. Uchrashuvda rossiyalik hamkorlar bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan muzokaralarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.

Zelenskiy: “Hafta oxirida Ukraina va AQSh delegasiyalari uchrashuvi bo‘ladi. Bugun esa Kellog bilan uchrashib, Rossiya tomoni bilan ehtimoliy uchrashuvga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettiramiz”, — dedi u.

Kiritildi: 18:44 25.08.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!