Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy aholisi 1 yarim millionni tashkil qiladigan Kiprdan yordam kutmoqda

Zelenskiy aholisi 1 yarim millionni tashkil qiladigan Kiprdan yordam kutmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kipr Yevropa Ittifoqiga raislik davrida Kiyevga Yevropa integrasiyasi yo‘lida yordam berishiga umid bildirdi.

Zelenskiy bu haqda Kiprning Nikosiyadagi Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligining ochilish marosimida aytib o‘tgan.

"Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini tezlashtirishda Kiprning yordamiga umid qilamiz”, — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning Yevropadagi hamkorlari va AQSh bilan muzokaralari yangi bosqichga ko‘tarilgan va Rossiya-Ukraina urushi Kiprning YEI Kengashiga raisligi davrida tugashi mumkin.

Zelenskiy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish zarurligini ta’kidladi.

"Yangi paket tayyorlanmoqda va Rossiyaning soya flotiga zarba berish uchun ko‘plab choralar ko‘rilmoqda", deb ta’kidladi Ukraina rahbari.

Kiritildi: 07:45 08.01.2026. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!