Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy 1200 kishini o‘zaro almashish rejalashtirilayotganini aytdi

A A A
Zelenskiy 1200 kishini o‘zaro almashish rejalashtirilayotganini aytdi

Rossiya va Ukraina “1200 ga 1200” formulasi asosida o‘zaro almashinuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, almashinuv bo‘yicha kelishuv mavjud, tomonlar ro‘yxatlar ustida ishlamoqda. Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Rossiya vakili bilan muloqot to‘g‘risida axborot berdi.

So‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida bir necha bosqichda asirlar almashinuvi amalga oshirildi. Ikki mamlakat o‘rtasida asirlar almashinuvining to‘qqizinchi bosqichi 23 iyul bo‘lib o‘tgandi.

Kiritildi: 03:45 04.08.2025. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!