Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zaxarova endi AQShga "tosh otdi"

A A A
Zaxarova endi AQShga "tosh otdi"

Amerika Qo‘shma Shtatlari uni nimagadir majburlaydigan barcha kelishuvlardan muntazam ravishda chiqib ketadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova. U Vashingtonning Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomasidan chiqqanini shunday izohladi.

"Bu voqeaning Rossiyaga hech qanday aloqasi yo‘q. Gap shundaki, Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati qo‘llarini "bog‘laydigan" barcha bitimlardan muntazam ravishda chiqib ketadi. Bu Rossiya bilan munosabatlarning yomonligi yoki boshqa masala emas, balki AQSh o‘zi uchun noqulay deb hisoblagan barcha majburiyatlarni bekor qildi.

Qo‘shma Shtatlar o‘zini maxsus kuchlarga ega bo‘lgan alohida mamlakat sifatida ko‘rsatmoqda. Amerikani o‘zini maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan, majburiyatlar bilan bog‘lanmagan va qoidalarga bo‘ysunmaydigan davlat deb hisoblaydi. Ularga bu davlatni boshqa mamlakatlar bilan tenglashtiradigan hech narsa kerak emas", dedi Zaxarova.

Oldinroq AQSh Prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Vashington Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini va Rossiya o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha kelishuvga qaytmasligini e’lon qildi. Rossiya esa ushbu shartnomani buzganligi haqidagi ayblovlarni bir necha bor rad etdi.

Kiritildi: 18:49 24.05.2020. O'qildi: 4669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik