Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zarbdordagi avtohalokatda bir kishi vafot etdi

Zarbdordagi avtohalokatda bir kishi vafot etdi

Kecha 25 noyabr kuni “Jizzax-Qo‘qon” yo‘lida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-ulov hodisaci ro‘y berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati "ANIQ.UZ"ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zarbdor tumani, “Buloqboshi” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro T.N. 70 km/s tezlikda “Neksiya” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan mast piyodani urib yuborgan. Fuqaroning shaxsi aniqlanganida u “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilib kelgan 1971 yilda tug‘ilgan A.YO. ekanligi ayon bo‘ldi. A.YO. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   

 

Kiritildi: 11:27 26.11.2019. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!