Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Zarar to‘lovi achchiqmi? Unda...

Zarar to‘lovi achchiqmi? Unda...

Byuroning Namangan shahar bo‘limi  tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida elektr energiyasidan noqonuniy hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan foydalanayotgan iste’molchilarni aniqlamoqdalar.
Jumladan, Yangi hayot mahallasida yashovchi fuqaro Karim Yunusov (ismi familiyasi o‘zgartirilgan)  yashash xonadoni elektr energiyasidan foydalanish qonuniyligi va to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy holatlar oshkor bo‘ldi. 
Aniqlanishicha, xonadon egasi “hech kim bilmaydi” qabilida ish tutib elektr hisoblagichdan tashqari elektr energiyasi   tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi. Ushbu harakati bilan fuqaro o‘g‘rincha elektr energiya tarmoqlariga ulanib olishi ta’minotchi korxonaga 10 mln 058 ming zarar yetkazilishiga sabab bo‘ldi.
Bu bilan fuqaro, K.Yu O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shu bilan bir qatorda unga nisbatan eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima ham qo‘llanildi. 
Agar xonadon egalari tarmoqdan qonuniy tarzda foydalanganlarida edi zarar va jarima summasi oilaviy byudjetning qaysidir qismini to‘ldirishga ketarmidi? 
Sarlavhada yozilganidek, to‘lovi achchiq bo‘lsa, unda har bir mana shunday yo‘l tutmoqchi bo‘lgan iste’molchilar tarmoqdan to‘g‘ri foydalanishi zarur. Shunda bunday holat yuz bermaydi.

Kiritildi: 10:14 11.07.2019. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!