Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yuzlab bolalarni jinsiy zo‘rlashda gumonlangan erkak qo‘lga olindi (foto)

Yuzlab bolalarni jinsiy zo‘rlashda gumonlangan erkak qo‘lga olindi (foto)

AQSh polisiyasi Luizana shtatida istiqomat qiluvchi kishini qo‘lga oldi. U yuzlab bolalarni jinsiy zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda mahalliy polisiya mahkamasi Facebookda tegishli xabarni e’lon qildi.

Polisiya xabarida aytilishicha, Luizanada istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri uni yoshligida Fauntin zo‘rlagani haqida polisiyaga arz qilgandan so‘ng, 71 yoshli Paynvill Xarvi Joxef Fauntin 9 aprelda hibsga olindi.

Tergovchilar bu ayblovni, shuningdek boshqa bolalarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etish holatlarni tasdiqlovchi dalillarni topishdi.

Fauntin jinsiy jinoyatlarini 1970-80 yillar davomida sodir etgan. Polisiyada ta’kidlanishicha, har bir holatda bolalarning yoshi 13 dan kam bo‘lgan.

Polisiya aniq bolalar sonini ochiqlamayapti. Fauntin hisbga olingan.

Tergov ishi davom etmoqda.

Luizina shtatida bunday jinoyatlar uchun ayblanuvchiga umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.

Kiritildi: 14:45 17.04.2019. O'qildi: 3924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!