Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yurak xurujining eng asosiy uch alomati ochiqlandi

Yurak xurujining eng asosiy uch alomati ochiqlandi

Tibbiyot fanlari doktori, professor, kardiolog Ulf Landmesser Germaniyaning Focus nashriga bergan intervyusida yaqinlashib kelayotgan yurak xurujidan darak beruvchi uch asosiy alomatni ochiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yurak xurujining birinchi alomatida ko‘krak sohasida zaiflik, shuning bilan birga, og‘irlik seziladi. Ikkinchi belgida bo‘yin va chap qo‘llarda og‘riq tarqaladi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda, yaqinlashib kelayotgan yurak xuruji qorin bo‘shlig‘idagi kuchli og‘riqni ham paydo qiladi. Qayd etilishicha, bu alomatlarga nafas qisilishi va bezovtalik qo‘shilishidan ehtiyot bo‘lish kerak.

Professorning ta’kidlashicha, agar vaziyat o‘z vaqtida aniqlansa, yurak xurujidan omon qolish imkoniyati keskin oshadi.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 20:36 31.05.2020. O'qildi: 3882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!