Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yo‘qolib qolgan «Koinot go‘zali» ishtirokchisi topildi

Yo‘qolib qolgan «Koinot go‘zali» ishtirokchisi topildi

«Koinot go‘zali — 2018» tanlovining syerra-leonelik ishtirokchisi Ester Bangura pirovardida Tailandga yetib keldi. Bu haqdagi xabar uning Instagram sahifasiga joylandi.

«‘Syerra-Leone go‘zali’ning barcha muxlislariga salom, qo‘llab-quvvatlaganingiz va xavotir olganingiz uchun rahmat. Hammasi joyida, u, nihoyat, Tailandga keldi, ammo eng nufuzli go‘zallik tanlovining ishtirokchisi emas, tomoshabini sifatida», — deyiladi postda. Bu qizning tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagani bilan bog‘liqligi taxmin etilmoqda.

9 dekabr kuni avvalroq Bangura tanlovga barcha ishtirokchilar kabi samolyotda emas, kemada jo‘nab ketgani, ammo yetib kelmagani xabar berilgan edi. Bir necha kun davomida qizdan hech qanday xabar bo‘lmagan.

Musobaqa finali Tailand poytaxti Bangkokda 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:37 10.12.2018. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!