Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident...

Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident...

Nursulton opera teatri truppasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan operani bosim ostida repetisiya qilmoqda.

«Yaratganning irodasini bajarish uchun Yerga yuborilgan» va «Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident va yetakchi» satrlari bo‘lgan musiqiy asarni ijro etishni xohlamagan artistlarga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishgan.

Qozoq jurnalisti Asem Japisheva o‘zining Facebook sahifasida xabar berishicha, pyesa elboshi rahnamoligida Qozog‘istonda barcha jabhalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni tarannum etishga bag‘ishlangan. «Quyosh yoritgan yo‘l» asarida kuylanishicha, Nursulton Nazarboyev mustaqil Qozog‘istonning tashkil topishi va taraqqiy etishiga bosh-qosh bo‘lishi uchun Yaratgan tomonidan yuborilgan.

Asar muallifi, 20 yashar kompozitor Rohatbiy Abdisag‘in qozoq parlamenti deputatining o‘g‘lidir. May oyida u ikki soatlik «Quyosh yoritgan yo‘l» operasini Nursulton Nazarboyevga taqdim etgan edi.

Hozir «Ostona opera»da repetisiyalar qizg‘in davom etmoqda. Opera Poytaxt kuni tantanalari doirasida namoyish qilinishi aytilayapti.

Manba: minbar.uz

Kiritildi: 23:15 26.06.2019. O'qildi: 5262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!