Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yil 27 oktyabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs “Mirhaydar Ota” xususiy savdo do‘koni eshigi oynasini sindirib kirib, u yerdan 4 mln. so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumanida yashovchi YO.M. va I.X.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.