Internet tarmog‘ida va Telegram messendjerida Yunusobod tumanida “Spark” avtomobilini boshqargan yigit voyaga yetmagan bolaga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “shaharda yana pedofil paydo bo‘ldi” degan asossiy taxminlar tarqatishmoqda.
Ma’lum qilamizki, yuqoridagi hodisalar 20-oktyabr dushanba kuni sodir bo‘ldi. Voyeqa joyiga tezda Toshkent shahar IIBB PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib borishdi. Jabrlanuvchi sifatida ichki ishlar organlariga hech kim murojaat qilmadi. “Spark”ni boqshargan yigit haqida quyidagilarni ma’lum qilamiz. Haydovchining shaxsi aniqlanib, u – 19 yoshli X.SH. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning gaplariga qaraganda, bolani ko‘rib qolganda u Yunusobod tumanidagi maktablardan birining yonida 17 yoshli o‘rtog‘i U.O.ni kutib turgan bo‘lgan. Bola yo‘l bo‘yida o‘zoq vaqt turib qolganligi sababli X.SH. uni uyiga olib borib qo‘yishni taklif qilgan. “G‘araz niyat hayolimdayam yo‘q edi”, - deydi yigit.