Financial Times gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, YEI elchilari yig‘ilishida Yunoniston vakili Rossiya suyultirilgan tabiiy gazini (STG) uchinchi mamlakatlarga tashishga qo‘yilgan taqiqqa qarshi chiqqan.
Shu tariqa mamlakat "Dynagas" yuk tashish kompaniyasini himoya qilishga urinmoqda. Afina vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya STG tranzitiga qo‘yilgan taqiq amalda kompaniyani "yo‘q qiladi".
Yunonistonning e’tirozlari yangi sanksiyalar paketining qabul qilinishini bir haftaga kechiktirdi, uni ma’qullash uchun Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari qo‘llab-quvvatlashi zarur.
"Dynagas" (yunonistonlik milliarder Georgios Prokopiuga tegishli) 27 ta gaz tashuvchi kemadan foydalanadi, jumladan, "Yamal STG" zavodi yaqinidagi muzli arktika suvlarida ishlash uchun xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda qurilgan kemalar ham shular qatoridandir. 2025 yil boshidan buyon kompaniya 11 ta kemada 10 million tonnadan ortiq Rossiya STGini tashib, bu vaqt ichida 144 ta reys amalga oshirgan, deyiladi nashr xabarida.