Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

YUNICEF: Har 10 daqiqada bir yamanlik bola vafot etadi

YUNICEF: Har 10 daqiqada bir yamanlik bola vafot etadi

BMTning bolalar bo‘yicha tashkiloti YUNICEF bergan ma’lumotga ko‘ra, Yamanda har 10 daqiqada bir bola vafot etadi. Tashkilot urushdagi barcha tomonlarni bolalar xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Buni juma kuni tunda Xavfsizlik kengashining Yamandagi ahvolga bag‘ishlangan yig‘ilishidan sal oldinroq YUNICEF rahbari Genriyetta For aytdi.

For: “Yamanda urushni to‘xtatishga chaqiriqlar bo‘layotgani yaxshi. Lekin mamlakat bolalari urushni tugashiga muhtoj. Ushbu chaqiriqlar, urushni to‘xtatish uchun boshlangan yangi muzokaralar yamanlik bolalarga urush bir kun emas bir kuni tugashi umidini beradi”, degan.

U so‘zi davomida: “Shu bilan birga urush davom etmoqda. Bolalar bu urush azobini ko‘tarmoqdalar. 3 yildan oshiq vaqtdan beri davom etib kelayotgan urushning barcha qiyinchiliklariga sabr qilmoqdalar. Urush sababidan 6 mingdan kam bo‘lmagan kishi o‘ldirildi va 11 milliondan ortiq kishi gumanitar yordamlarga tayanib hayot kechiradigan bo‘ldi”, dedi.

YUNICEF rahbari: “Har 10 daqiqada bir bola, qutqarish imkoniyati bo‘laturib, vafot etyapti”, deb aytdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:17 17.11.2018. O'qildi: 1554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!