Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

YUNESKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi

YUNESKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi

20 oktyabr kuni YUNESKO Ijroiya kengashining O‘zbekiston uchun muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” qaror loyihasi qabul qilindi.

Hujjatda "Xiva jarayoni" deb nomlangan mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Platformaning maqsadi – Markaziy Osiyo va undan tashqarida hamkorlikni mustahkamlash. Hujjatga 23 ta davlat hammualliflik qildi.

"Xiva jarayoni" g‘oyasi prezident SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan sentyabr oyida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – jahon sivilizasiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi paytida paydo bo‘ldi.

YUNESKO bu tashabbusni o‘zbek tomoni ilgari surgani uchun minnatdorlik bildirdi va "Xiva jarayoni"ni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston shu nomdagi rezolyusiyani ilgari surish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi, u YUNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasiga (9-24 noyabr kunlari Parijda bo‘lib o‘tadi) tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Kiritildi: 20:27 20.10.2021. O'qildi: 2788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!