Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yo‘lovchining yuragi xuruj qildi. Samolyot zudlik bilan Samarqandga qo‘ndirildi

Yo‘lovchining yuragi xuruj qildi. Samolyot zudlik bilan Samarqandga qo‘ndirildi

Bugun, 15 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan Toshkent-Mumbay yo‘nalishida parvozga chiqqan HY-427 yo‘lovchi samolyoti zudlik bilan Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndirildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Samolyotning rejasiz Samarqandga qo‘ndirilishiga yo‘lovchilarning salomatligi yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
 
Samolyot Afg‘oniston ustidan uchib o‘tilayotganda yo‘lovchining tobi qochgani sabab ekipaj a’zolari uni eng yaqin shahar aeroportiga yetkazishga qaror qabul qilganlar. Yaqinligi va tibbiy muassasalar jihatidan bemor Samarqand shahriga yetkazilgan.
 
Samolyot trapida tobi qochgan yo‘lovchilarni tez tibbiy yordam xodimlari kutib olgan va bemorlar shifoxonaga yetkazilgan.
 
Yo‘lovchi yurak xuruji tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng, samolyot parvozni davom ettirdi va mahalliy vaqt bilan soat 6:15da Mumbayga qisqa vaqt ichida etib bordi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 14:37 16.11.2018. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!