Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Yo‘lkira haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanadi

Yo‘lkira haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanadi

“Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. (№ 276-son, 3.06.2026 yil.)

🚌 Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, “Evro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda utilizasiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.

⚠️ Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida tushumlar to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi;

– yo‘lovchi tomonidan yo‘lkira haqi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi terminallari (validatorlar) bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

▫️transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validasiya qilish;

▫️bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov turlaridan foydalanish;

▫️ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash.

‼️yo‘lkira haqi mazkur bandda nazarda tutilgan usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda (tasdiqlanmaganda), yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi:

🚍 Xususan, shahar chetidan 5 kmgacha yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharlarning transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejalariga muvofiq ko‘pi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham endilikda shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi;

✅ Transport vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning 1 sentyabriga qadar poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlarida yo‘lkira haqini to‘lashning integrasiyalashgan tizimini, shu jumladan, “elektropoyezd-avtobus” va “elektropoyezd-metro” jozibador tarif rejalarini joriy qiladi.

Kiritildi: Bugun 18:16. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!