Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori bo‘yicha birinchi o‘rinni Finlyandiya egalladi. Bu haqida 28 oktyabr kuni Car.ru xabar berdi.
Finlyandiya eng yuqori jarimalarga ega. Bu 200 ming dollarni (taxminan 1 890 000 000 so‘m) tashkil etadi. Ushbu mamlakatda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun maksimal jarima miqdori cheklanmagan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, jarimalar miqdori huquqbuzarning bir yil davomida olgan maoshiga qarab hisoblanadi.
Jarimalarni eng kam miqdori mavjud bo‘lsa-da, eng ko‘p miqdori belgilanmagan. To‘lab bo‘lmas jarimalarni o‘rniga boshqa ma’muriy ja’zo qo‘llanilishi mumkin. Masalan, mast holatda avtomobil haydash 4,5 ming yevro (taxminan 48 million so‘m) miqdorida jarima yoki uch yil muddatga mashina haydash huquqidan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xavfsizlik kamarisiz mashina boshqarish Finlyandiyada 135 yevro (taxminan 1 410 000 so‘m), qizil svetofor uchun minimal jarima narxi 90 yevro (taxminan 940 000 so‘m) turadi.