Joriy yilning 23 iyun kuni Surxondaryo viloyat Sherobod tumanida YTH sodir bo‘lib, ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Sherobod tumanidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1394-kilometrida Nexia va Tico rusumli avtomobillar to‘qnashib ketgan.
Nexia boshqaruvidagi Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro Usmon (ismlar o‘zgartirilgan) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Uchyog‘och mahallasida yashovchi Qahhor boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada Tico avtomashinasi yo‘lovchilari, Zarabog‘ mahallasida yashagan Azim va Poshxurt mahallasida yashagan Botir olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etganlar.