Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yoz oyida kutilayotgan ob—havo prognozi e’lon qidindi

A A A
Yoz oyida kutilayotgan ob—havo prognozi e’lon qidindi

Yoz oyida kutilayotgan ob—havo prognozi.

Yog‘ingarchilik rejimi bo‘yicha

Iyunning bir va uchinchi dekadasi ba’zi kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Tekislik hududlarida yozning qolgan oylarida yog‘ingarchilik ehtimoli deyarli mavjud emas, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar saqlanadi. Bu asosan kunning ikkinchi yarmida lokal hususiyatli ob-havo sharoitiga bog‘liq

"Butun yoz davomida mintaqaning katta qismida yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin bo‘lishini (90% – 110%) prognoz qilish mumkin. Faqatgina, Farg‘ona viloyati janubida yog‘ingarchilik bilan bog‘liq ijobiy vaziyat (110% – 130%) bo‘lishi kutilmoqda", deyiladi Uzb_Meteo Telegram kanali xabarida.

Aksariyat jahon prognostik iqlim markazlarining prognoziga ko‘ra, 2024 yil yozida Markaziy Osiyoning janubida (Qashqadaryo—Surxondaryo) harorat va yog‘ingarchilikda eng muhim ijobiy anomaliyalar, hatto yuqori namgarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu hozirgi mavsumda janubiy regionlarda ham kuchli jala yog‘inlar hamda sel-suv toshqin xavflari saqlanishini anglatadi.

Kiritildi: 10:48 07.06.2024. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!