Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yoshlarimiz Xitoyda qaysi yo‘nalishlarda o‘qiy oladi?

A A A
Yoshlarimiz Xitoyda qaysi yo‘nalishlarda o‘qiy oladi?

Xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Xitoyning Shandung Szyanchju universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shandung Szyanchju universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib, seminar-trening o‘tkazdi. Ikki universitet professor-o‘qituvchilari o‘zaro fikr almashdi. Xitoylik mehmonlar Institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Seminarda do‘stona hamkorlikni yaratish, xorijiy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar talabalar almashinuvi jarayonini jadallashtirish taklifi berildi. Shuningdek, xitoylik mutaxassislar o‘zbekistonliklarning mazkur universitetda tadqiqotlar olib borishi, o‘qishi uchun uy-joy, o‘quv va ilmiy-tadqiqot vositalari, jihozlar va kutubxona resurslari bilan ta’minlashi mumkinligini aytdi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari almashinuvi jarayonida ushbu universitet vakillari yurtimiz yoshlariga elektrotexnika va elektronika, arxitektura, qurilish muhandisligi, qurilishni boshqarish, buxgalterlik, marketing, xalqaro biznes kabi sohalarni ingliz tilida o‘qitishni taklif qildi. Yurtimiz yoshlari o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan Xitoy madaniyati bilan bog‘liq ba’zi treninglarni ham tanlashi mumkinligi aytildi.

Universitetlar o‘rtasida yangi qo‘shma dasturlar o‘rnatish yuzasidan kelishildi. Qo‘shma dasturlar uchun yangi o‘quv dasturlari yaratilishiga oid takliflar berildi. Bunday dasturlar asosida bitiruvchilarga ikki diplom beriladi. Hamkorlikda qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilmiy tadqiqotlar dasturlarini o‘z ichiga olgan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida aspiranturani davom ettirish, amaliy maqsadlar uchun talabalar almashinuv dasturlari, seminarlar, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, hamkorlik va almashinishning boshqa imkoniyatlari yuzasidan fikrlashildi.
 

Manba: uza.uz

 

Kiritildi: 21:57 26.10.2018. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!