Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

YOSHLAR ITTIFOQI ABITURIYENTLARGA ESLATMALARNI E’LON QILDI

A A A
YOSHLAR ITTIFOQI ABITURIYENTLARGA ESLATMALARNI E’LON QILDI

O‘zbekiston yoshlari ittifoqi Samarqand viloyati kengashiningO‘zbekiston yoshlari ittifoqi Samarqand viloyati kengashining “Telegram” kanalida abituriyentlar uchun eslatmalar e’lon qilindi. “Telegram” kanalida abituriyentlar uchun eslatmalar e’lon qilindi.

Unda OTMga o‘qishga kirish uchun test vaqtidagi va undan keyingi jarayonlar haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
1. Test sinovlarida beriladigan savollar boshqa kunlar takrorlanmaydi;
2. Mobil telefon aloqasi va SMS xizmati 15 kun davomida o‘chirib qo‘yilmaydi, balki respublika bo‘ylab test o‘tkaziluvchi 57 ta katta pavilyonlarga aloqani uzuvchi moslamalar o‘rnatiladi;

3. Test varaqalari Toshkentga maxsus xizmat orqali samolyotlarda olib kelinadi va o‘sha yerda tekshiriladi;
4. Test javoblari ertasiga DTM saytida e’lon qilinadi, avvalgidek test o‘tkazilgan binoga javob varaqalari ilinmaydi. 
5. Testga shpargalka, telefon va boshqalarni olib kirishga uringan abituriyent o‘sha zahoti testdan chetlatiladi. Uni pavilyonga olib kirishining o‘zidayoq akt tuzilib,  abituriyent qaytarib yuboriladi;

6. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi;
7. Test topshiriqlarini bajarish uchun 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e’tibor berish kerakki, javoblar varaqasini o‘sha vaqt ichida belgilab bo‘lish kerak;

8. Test o‘tadigan pavilyonlardagi kameralar 31 iyul kuni yoqib qo‘yiladi va 16 avgust kuni o‘chiriladi;
9. Test sinovlari jarayonlari internet orqali translyasiya qilinadi va imkoni bo‘lsa respublika hamda mahalliy telekanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish ham rejalashtirilmoqda.

"Zarnews"

Kiritildi: 17:00 06.07.2018. O'qildi: 2098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik