Sog‘liqni saqlash va yoshlikni asrash uchun reseptlar juda ko‘p. Ammo o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan shunday damlama borki, boshqa shifobaxsh vositalar bilan taqqoslaganda, uning juda katta miqdorda afzalliklari mavjud. Bu damlama “Oltin sut” deb ataladi.
U salomatlik uchun juda samarali bo‘lib, tezlikda tananing butun kapillyar tizimini tozalaydi, tuz yig‘ilishini bartaraf etadi. Bu ichimlikning hech qanday zarari yo‘q. Uni bemalol iste’mol qilish mumkin. “Oltin sut” organizmni yoshartiradi. Oshqozon ishini yaxshilaydi. Turli mikroblarni yo‘qotishda samarali natija ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, u yana ko‘plab xastaliklarga qarshi qalqon bo‘la oladi.
Bu damlamaning oltin deya ta’riflanayotganiga sabab unda sariq rangli kurkumaning mavjudligi. Aynan mana shu ziravor ushbu ichimlikni darmondori sifatida namoyon etadi.
“Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir bora ko‘rgan afzal deyishadi-ku”, siz ham ushbu sehrli damlamani tayyorlab ko‘ring va o‘zingiz xulosa chiqaring…
Damlamaning qanday tayyorlanishini esa quyidagi video ko‘rishingiz mumkin.
Manba: zamin.uz