Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

 “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 25.03.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishiladi.

🔗 2026 yil 1 maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta tiklanadi hamda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

🎖 Shuningdek, 2026 yil 1 maydan boshlab quyidagi darajalarda “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi:

🔹 maktab o‘quvchilari o‘rtasida III darajali “Yosh ekolog”;

🔹 texnikum o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida II darajali “Yosh ekolog”;

🔹 xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijalarga erishgan yoshlar o‘rtasida I darajali “Yosh ekolog”.

Kiritildi: Bugun 13:30. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!