Shvesiyada bomba yordamida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga harakat qilindi. Bu haqida The Local manbasi xabar berdi.
Bomba mamlakat harbiy havo kuchlariga tegishli JAS-39 Gripen qiruvchi samolyotidan tashlangan.
Hukumat bunday nostandart qarorga yong‘in Elvdalen shahriga yaqinlashib qolgani uchun qo‘l urishdi. Boz ustiga, ushbu shahar yaqinida harbiy poligon ham bor edi. Ma’lum bo‘lishicha, olovni o‘chirish operasiyasi muvaffaqiyatli tugagan.
Manba: xs.uz