7 oktyabrdan keyin Benyamin Netanyahuning BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi xalqaro uchrashuvlari ancha qisqardi. 2024 va 2025 yillarda u asosan Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar rahbarlari bilan uchrashgan, Xalqaro jinoyat sudining uni hibsga olishga order berishi esa xorijiy safarlarini yanada murakkablashtirgan.
Bu yilgi Nyu-York safari urush boshlanganidan keyingi uchinchi tashrifi bo‘ladi. Netanyahu shaharda taxminan 6 soat bo‘lib, BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi va keyin Isroilga qaytadi. Ynet ma’lumotiga ko‘ra, safar doirasida Tramp bilan uchrashuv rejalashtirilmagan.