Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yirik raqamlar: koronavirus AQShni tiz cho‘ktiryapti

Yirik raqamlar: koronavirus AQShni tiz cho‘ktiryapti

AQShda 849 kishi koronavirusdan vafot etdi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Koronavirus qurbonlarining eng ko‘p soni Nyu-Yorkda qayd etildi, u yerda 192 kishi vafot etdi. Umuman olganda, mamlakatda 60 mingdan ortiq odam virus yuqtirgan.

Avvalroq, yetakchi epidemiolog Ira Longini AQShda uch hafta ichida koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi yuqori bo‘lishini bashorat qilgan edi. Longinining prognozlariga ko‘ra, o‘limning bunday ko‘payishi sog‘liqni saqlash tizimiga vaqtinchalik haddan tashqari bosim yuklaydi. Biroq, uning fikriga ko‘ra, rasmiylar fuqarolarning harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlarni asta-sekin olib tashlashga kirishadilar, chunki buning oqibatida yetkazilgan zarar maksimal darajaga chiqadi.

24 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qo‘shma Shtatlar koronavirus infeksiyasining tarqalishi uchun yangi markaz bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirdi. Tashkilot vakili Margaret Xarrisning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda AQShda koronavirus tarqalish darajasi juda yuqori.

 

Kiritildi: 01:53 26.03.2020. O'qildi: 5479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!