Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Yerevan Mayor Cup»: Muzaffarov yirik hisobda g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

«Yerevan Mayor Cup»: Muzaffarov yirik hisobda g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

Armaniston poytaxti Yerevan shahrida boks bo‘yicha «Yerevan Mayor Cup» xalqaro turniri davom etmoqda. Musobaqaning yarim final bosqichida o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi ringga ko‘tarildi.

-55 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shahzod Muzaffarov yarim finalda mezbonlar vakili Suren Rubinyanga qarshi bahs yuritdi. Butun jang davomida katta ustunlikka erishgan vakilimiz 5:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, turnirning finaliga yo‘l oldi.

Shuningdek, -70 kg vazn toifasidagi vakilimiz Iqboljon Xoldorov ham yarim final jangini o‘tkazdi. Armanistonlik Hurutyun Hakobkohyanga qarshi kechgan murosasiz bahsda vakilimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Xoldorov musobaqaning bronza medali bilan cheklandi.

Kiritildi: 23:52 23.07.2026. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!