Yemenda 1 avgustdan buyon 184 mingdan ortiq kishi uy-joyini tark etdi.
Xalqaro migrasiya tashkiloti (MOM) ma’lumotiga ko‘ra, Yemenda kuchaygan qurolli to‘qnashuvlar sababli 1 avgustdan buyon 184 mingdan ortiq kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 27 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar 21 798 kishi, 4 oktyabr kuni esa yana 6 474 kishi o‘z uy-joyini tark etgan.
So‘nggi kunlarda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan husiylar va Yemen hukumati kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, ayniqsa, Taiz shahri va Bob-ul-Mandab bo‘g‘ozi hududlarida kuchaygan.
Yemen hukumati kuchlari husiylarning oldinga siljishini to‘xtatish maqsadida «Yemen tongi» operasiyasini boshlagan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalisiyasi esa operasiyaga havodan yordam ko‘rsatmoqda.
Mojarolar davom etayotgan bir paytda aholining ommaviy ko‘chishi mamlakatdagi gumanitar vaziyatga qo‘shimcha bosim yuzaga keltirayotgani qayd etilmoqda.