Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yashnobod tumanida teplovoz bilan "Kobalt" to‘qnashdi

A A A
Yashnobod tumanida teplovoz bilan "Kobalt" to‘qnashdi

Joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent hamda Ohangaron ko‘chalari kesishmasida, haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi "Kobalt" rusumli avtomobil hamda 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan, O.A. boshqaruvidagi "TEM2-7084" rusumli teplovoz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:56 08.02.2021. O'qildi: 2396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik