Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Yashirin omborxonadan 1,4 mlrd so‘mlik dori vositalari olindi

Yashirin omborxonadan 1,4 mlrd so‘mlik dori vositalari olindi

Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 2003 y.t. shaxsning yashash manzili ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonning yashirin omborxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan “Ortofen”, “Neyroks”, “Tirozol”, “Siofor” va boshqa shu kabi jami 28 turdagi 28 928 dona dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan ushbu dori vositalarining taxminiy qiymati 1,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Hozirda dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvlari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:00 31.07.2026. O'qildi: 940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!