🔻Sifati kafolatlanmagan va noqonuniy aylanmaga kiritilgan dori vositalari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, davolash samaradorligini pasaytirishi yoki og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Shu bois mamlakatimizda bunday holatlarning oldini olish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. shaxs o‘z yashash xonadonida xorijdan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi.
Omborni ko‘zdan kechirish davomida jami 119 turdagi, 3356 qutida bo‘lgan 76318 dona “Frotu”, “Budenofalk”, “Gaviscon”, “Baraclude” va boshqa nomdagi dori vositalari aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ularning dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza o‘tkazish uchun Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborildi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.