Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaqinda o‘g‘irlik bo‘lgan Luvr muzeyini endi suv bosdi

Yaqinda o‘g‘irlik bo‘lgan Luvr muzeyini endi suv bosdi

Luvrdagi Misr qadimiy buyumlari kutubxonasi xonalaridan birida 300-400 ga yaqin kitob suv toshqini oqibatida zarar ko‘rdi.

Bu haqda BFMTV telekanali muzey ma’muriyati o‘rinbosari Frensis Steynbokka tayanib xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, suv toshqini 26 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Suv ostida qolgan kitoblarning eng qadimgisi 19-asrga tegishli. "Bular muhim asarlar, davriy nashrlar, ma’lumotnomalar, arxeologik jurnallar, biroq biz yo‘qolishi mumkin bo‘lgan qimmatli kitoblar haqida gapirmayapmiz", — deya Steynbok so‘zlarini keltiradi telekanal.

Uning ta’kidlashicha, "kitoblar ochilgan va har bir sahifadagi namlikni tozalash qog‘ozi yordamida olib tashlash bo‘yicha puxta ishlar olib borilmoqda".

Telekanalning aniqlik kiritishicha, hodisaga gidravlik isitish tizimidagi suv sizib chiqishi, klapanning tasodifan ochilishi sabab bo‘lgan.

Steynbok isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar bir necha yillardan beri ma’lum bo‘lganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv bosgan zal 2026 yil sentyabr oyida boshlanadigan ventilyasiya va isitish tizimlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 10:45 08.12.2025. O'qildi: 1464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!