Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Yaqin Sharqdan evakuasiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 19 mingdan ortdi

Yaqin Sharqdan evakuasiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 19 mingdan ortdi

8 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 19 347 nafar fuqaro qaytarildi.

7 mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys amalga oshirilib, 1 680 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 2 ta reys orqali 394 nafar fuqaro Vatanga olib kelindi.

Shuningdek, 7 mart kuni Erondan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham yurtimizga qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, 7 mart kuni Qatar va Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston elchixonalari O‘zbekiston Transport vazirligi bilan hamkorlikda Doxa shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini (208 nafar) evakuasiya qildi.

Fuqarolar “Centrum Air” aviakompaniyasi reysi bilan Ar-Riyod xalqaro aeroportidan uchib, joriy yil 8 mart kuni soat 05:40 da Toshkentga sog‘-salomat yetib keldi.

Shu bilan birga, Qatardagi diplomatik vakolatxona tomonidan keyingi evakuasiyani amalga oshirish doirasida fuqarolarning ikkinchi guruhi (126 nafar) ham shakllantirildi. Ular diplomatlar hamrohligida elchixona tomonidan ijaraga olingan uchta avtobusda Doxa shahridan olib chiqilib, “Riyod – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 8 mart kuni amalga oshiriladigan charter reysi orqali evakuasiya qilinishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 15:25 08.03.2026. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!