Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Yaponiyaning yangi hukumati tasdiqlandi

Yaponiyaning yangi hukumati tasdiqlandi

Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Sanaye Takaiti rahbarligida shakllantirilgan hukumat tarkibini tasdiqladi. Bu haqda xorijiy OAVga tayanib xabar berilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi tarkibining imperator tomonidan tasdiqlanishi Yaponiya Konstitusiyasiga muvofiq amalga oshiriladigan majburiy tartibdir. Marosim davomida vazirlar navbat bilan imperatordan monarx imzosi bilan tasdiqlangan maxsus hujjat — tayinlov to‘g‘risidagi bildirishnomani qabul qilib oladilar.

Bu bosh vazir Takaitining hisob bo‘yicha ikkinchi hukumatidir. U o‘tgan yilning 21 oktyabr kuni hokimiyat tepasiga kelgan edi. Bugun navbatdan tashqari saylovlardan so‘ng parlamentning asosiy quyi palatasining ilk ish kunida hukumat texnik iste’foga chiqdi. Shundan so‘ng Takaiti kutilganidek 105-bosh vazir etib saylandi. Uning ikkinchi kabinetida barcha vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolgan.

Kun davomida bosh vazir asosiy siyosiy yondashuvlarini ochiqlaydigan matbuot anjumani o‘tkazadi. Shundan so‘ng yangi hukumat o‘zining ilk yig‘ilishini o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:40 18.02.2026. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!