Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyalik mashhur arxitektor O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining yangi qiyofasini yaratadi

Yaponiyalik mashhur arxitektor O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining yangi qiyofasini yaratadi

Yaponiyalik jahonga mashhur arxitektor, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando O‘zbekiston Davlat san’at muzeyini rekonstruksiya qilishning dizayn konsepsiyasini yaratadi. Bu haqida Prezident administrasiyasi huzuridagi Axborot va kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 

Yaponiyalik arxtiktor bilan tegishli shartnoma Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 26 avgust kuni Osaka shahrida imzolangan.

"Ando zamonaviy binolarni loyihalashtirishda o‘ziga xos milliy estetik jihatlarni qo‘llaydi. Me’morning eng taniqli ishlari orasida Italiya, Fransiya, AQSH, Yaponiyadagi teatrlar, muzeylar va san’at markazlari dizaynlari bor", deb yozadi S.Mirziyoyeva. 

Kiritildi: 07:45 29.08.2019. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!