Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyalik fuqaro chegarada qo‘lga olindi. U josus ekanligi aytilmoqda

Yaponiyalik fuqaro chegarada qo‘lga olindi. U josus ekanligi aytilmoqda

Moldova bilan chegarada chegarachilar Yaponiya fuqarosini qo‘lga oldilar. U yashirincha josuslik asboblarini Moldovaga olib o‘tmoqchi bo‘ldi, deb xabar beradi Davlat chegara xizmati matbuot xizmati.

"Oddiy avtobus yo‘lovchisi - Yaponiya fuqarosi "Palanka" nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tayotgandi. Bojxona xodimlari bilan o‘tkazilgan qo‘shma tekshiruv chog‘ida chet el fuqarosidan josuslik uskunalari topilgan: ikki juft ko‘zoynak, ikkita qalam va soat. Ularga yashirin kameralar va maxsus fleshkalar o‘rnatilgandi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu fakt bo‘yicha vakolatli organlarga xabar berilgan. Chet el fuqarosiga chegaradan o‘tishga ruxsat berilmagan, texnik vositalar belgilangan tartibda olib qo‘yilgan.

Kiritildi: 09:52 08.10.2021. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!