Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyada yuzni aniqlash tizimi joriy etildi

Yaponiyada yuzni aniqlash tizimi joriy etildi

2020 yilda Yaponiya Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilib, 40 million xorijiy sayyohni qabul qiladi. Xavfsizlik har doim birinchi o‘rinda. Shu bois Yaponiyaning NEC AT kompaniyasi yuzni aniqlash qurilmasini ishlab chiqdi va uni keng joriy etishni rejalashtirmoqda, deyiladi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi saytida berilgan xabarda.

Aytish kerakki, hozirda tizim Tokio aeroportlarida ishlamoqda.

Avval yo‘lovchining pasporti skaner qilinadi, keyin uning yuzi tushirilgan video bilan taqqoslanadi – jarayon atigi bir necha soniyani talab etadi xolos. Xizmat nazorat jarayonini juda tezlashtirishiga esa shubha yo‘q. Aniqlik darajasi – deyarli 100 foiz!

Dastur ishlab chiquvchilarining ta’kidlashicha, tizim odam tashqi qiyofasi – soch turmagi, yuz shakli, rangli kontakt linzalari va boshqalarni o‘zgartirganda ham yuzni to‘g‘ri identifikasiya qila oladi.

Hozirda bu tizimi sinov rejimida ishlamoqda.

Manba; azon.uz

Kiritildi: 19:55 14.08.2018. O'qildi: 1357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!