Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada kuchi 6,7 ballga teng bo‘lgan zilzila ro‘y berdi

Yaponiyada kuchi 6,7 ballga teng bo‘lgan zilzila ro‘y berdi

Natijada esa sunami ro‘y berish xavfi vujudga keldi, bu haqda Ntdtv.ru nrashri xabar berdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 12 km chuqurlikda bo‘lgan. Mamlakat shimoli- g‘arbida kuzatilgan yer osti silkinishlarining kuchi 6,7 ballni tashkil etgan. Tebranishlar 7 soniya davom etgan. Tabiiy ofat natijasida 30 ga yaqin kishi jabrlangani aytilmoqda. Yapon dengizi sohili bo‘ylab, Yamagata prefekturasidan Isikava prefekturasigacha bo‘lgan hududda sunami vujudga kelish xavfi e’lon qilingan.

Sakata shahri va Avasima orollarida uncha katta bo‘lmagan sunami kuzatilgan. Mahalliy aholiga sohil bo‘yi hududlarini tark etib, xavfsiz hududlarga joylashish tavsiya etilgan. Tabiiy ofat natijasida 9000 ga yaqin xonadon elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Bir qator hududlarda esa ko‘chkilar ro‘y bergan. Shuningdek, tezyurar poyezdlar qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 22:15 19.06.2019. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!