Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yaponiyada jazirama tufayli 6,5 mingdan ortiq aholi kasalxonaga yotqizildi

Yaponiyada jazirama tufayli  6,5 mingdan ortiq aholi kasalxonaga yotqizildi

So‘nggi bir hafta ichida Yaponiyada issiq urishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, 6664 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda Yaponiya yong‘in bo‘limi ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda Yaponiya bo‘ylab 35 darajadan yuqori havo harorati qayd etilgan. Shu munosabat bilan kasalxonaga yotqizilganlar soni o‘tgan haftaga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘paygan, o‘n kishi vafot etgan.

Bu hafta ham yangi qurbonlar haqida xabar berilgan. 11 avgust kuni rekord darajadagi harorat kuzatilgan: Gunma prefekturasida termometr 40 darajadan yuqoriga ko‘tarilgan.

Bugun esa Tokio, Saytama, Sidzuoka va Miyadzakida havo harorati 36 darajadan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Iqlimshunoslar issiq urishi xavfi ortishi haqida ogohlantirib, zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik, kondisionerlardan foydalanish hamda ko‘proq suv ichishni maslahat berishmoqda.

 

 

Kiritildi: 20:44 14.08.2020. O'qildi: 2554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!