Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yaponiyada hukumat sust ishlagani uchun yangi vazirlik tuziladi

Yaponiyada hukumat sust ishlagani uchun yangi vazirlik tuziladi

Yaponiyada 2021 yilning kuzida raqamli islohot o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan yangi vazirlik o‘z faoliyatini boshlaydi. 

Nikkei nashrining xabar berishicha, vazirlikning asosiy vazifasi hukumat ishini raqamlashtirish bo‘ladi. Yangi vazirlikni tuzishga koronavirus pandemiyasi turtki bergani aytilmoqda. Pandemiya davrida hukumat ishida bir qator kamchiliklar kuzatilgan, jumladan, muvofiqlashtirish ishlarida tezkorlik yetishmagan va ma’muriy proseduralar sekin amalga oshirilgan.

Mamlakatning yangi bosh vaziri Yosixide Suga raqamli islohot vazirligining rahbarini hozirdanoq tasdiqlab bo‘ldi, uni avvalgi hukumat tarkibida ilm-fan va texnologiyani revojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan Takuya Xarai boshqaradi. 

Kiritildi: 19:24 18.09.2020. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!