Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligi xabar berdi.
Dastlab zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan, ammo keyinchalik bu ma’lumot qayta ko‘rib chiqilib, 7,2 magnituda ekani aniqlangan.
Zilzila Ivate prefekturasining Tinch okeani sohillari yaqinida, 44 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Yerosti silkinishlari eng kuchli darajada Aomori prefekturasining Xasikami shahrida sezilgan. Shuningdek, u poytaxt Tokio shahrida ham bilingan.
Xasikami va Xatinoxe shaharlari yong‘in-qutqaruv xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt nafar fuqaro yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.