Harbiy va savdo mojarolari tufayli yuzaga kelgan beqarorlik kuchayib borayotgan bir sharoitda mamlakat o‘zining yarimo‘’tkazgich sanoatini qayta qurishga intilmoqda. Tokio bir vaqtlar bozorda hukmronlik qilgan, ammo 1980-yillarda u boshqa mamlakatlarga sektorning rentabelligi yo‘qligi sababli uni egallashga samarali ruxsat bergan.
Tokiodagi Macquarie Group investisiya kompaniyasining yarimo‘’tkazgichlar bo‘yicha mutaxassisi Damian Tongning DW nashriga aytishicha, mamlakat hukumati uchun eng muhim omil o‘zlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘ladi. Ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali yaponlar mikrochiplar ishlab chiqarish bo‘yicha yana jahon yetakchisi bo‘lishga harakat qilishlari dargumon, aksincha, mamlakatning chiplarga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini qoplashga harakat qilishadi. Shu bilan birga, Yaponiya u yerda o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish istagida bo‘lgan xorijiy kompaniyalar uchun jozibador bo‘lib qolishi kerak.
Hozirgi vaqtda chip ishlab chiqarish sanoatida Tayvan kompaniyalari ustunlik qiladi. Biroq, bir nuqtada Xitoy ham ushbu texnologiyani qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, Tayvanni o‘zining isyonkor viloyati sifatida ko‘radigan Pekinning pozisiyasi ta’minotning uzilishidan xavotirda. Tokio universitetining fan va texnologiya siyosati professori Kazuto Suzukining aytishicha, Yaponiya bunday sharoitda "qiyinchilikni qabul qilishdan" boshqa iloji yo‘q, chunki raqobat "qattiqroq bo‘ladi".