Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi 23 yanvardan boshlab parlament tarqatilishi, 8 fevralda muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qildi. Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, Takaichi shu yo‘l bilan hukmron Liberal-demokratik partiyaning (LDP) pozisiyasini mustahkamlab, o‘zining keng ko‘lamli siyosiy dasturini ilgari surishni ko‘zlamoqda. Mutaxassislar esa muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazish qarori muayyan xatarlar bilan bog‘liq ekanidan ogohlantirmoqda.
"Xalq mamlakatni boshqarishni menga ishonib topshirishiga amin bo‘lishim kerak. Yaponiyada fuqarolar bosh vazirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylay olmaydi. Biroq parlament quyi palatasiga saylovlar hukumatni belgilovchi saylovlar deb ataladi. Agar Liberal-demokratik partiya va Yaponiyani yangilash partiyasi o‘rinlarning ko‘pchiligini qo‘lga kiritsa, men bosh vazir bo‘laman", — dedi Takaichi.