Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Yangi Zelandiya Rossiya Federasiyasi va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Yangi Zelandiya Rossiya Federasiyasi va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Peters Rossiya va Belorussiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi kiritilishini e’lon qildi . Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .

«Ushbu sanksiyalarning yangi bosqichi Ukrainadagi Zaporoje atom elektr stansiyasini noqonuniy bosib olishga aloqador shaxslarga , shuningdek, Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga hamda agressiyani qo‘llab-quvvatlovchi Belarus tashkilotlari va shaxslariga qaratilgan», — dedi vazir. — Rossiyaning Zaporoje atom elektr stansiyasini noqonuniy bosib olishi yadro xavfsizligiga tahdid solmoqda. Yangi Zelandiya yana bir bor Rossiyani ushbu atom elektr stansiyasini bosib olishni darhol to‘xtatishga va Ukraina hududidan chiqib ketishga chaqiradi.

Peters, shuningdek, Belarus sub’ektlariga nisbatan cheklov choralarini joriy etish xalqaro hamkorlar bilan Rossiya Federasiyasi harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchilarni «javobga tortish»ga qaratilgan qo‘shma sa’y-harakatlarning bir qismi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu sanksiyalar paketi besh jismoniy va oltita yuridik shaxsga qarshi choralarni o‘z ichiga olganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 07:44. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!