Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yangi yil an’anasi: Fransiyada yuzlab avtomobillarga o‘t qo‘yildi

Yangi yil an’anasi: Fransiyada yuzlab avtomobillarga o‘t qo‘yildi

Yangi yil tunida butun Fransiya bo‘yicha 861 dona avtomobilga o‘t qo‘yildi. Bu haqda polisiya ma’lumotlariga tayanib Europe 1 radiostansiyasi xabar berdi.

 Bir yil avval 1457 dona avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy rekord hisoblanadi. Bu yil huquqni muhofaza qilish organlari prefektlar kesimida o‘t qo‘yilgan avtomobillar sonini e’lon qilmadi.

 Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen guruhlar o‘rtasida avtomobilga o‘t qo‘yish bo‘yicha musobaqalashishga yo‘l qo‘ymaslik uchun prefektlardan ma’lumotlarni e’lon qilmaslikni talab qildi. 

 Fransiyada ko‘p yillardan buyon 1 yanvarga o‘tar kechasi avtomobillarga o‘t qo‘yish an’anaga aylangan bo‘lib, hukumat bunga qarshi hech narsa qila olmayapti.

 1 yanvardan Fransiyaning 15ta departamentida cheklovlar kuchaytirildi. Endilikda komendantlik soati 20:00dan emas, balki 18:00dan boshlanadi.

Kiritildi: 07:30 04.01.2021. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!